«parij 2024» tegli maqolalar


“„Oltin“ yelkadagi tog‘ni ag‘daradi. Menda shu tog‘ qolib ketdi”. Parij Paralimpiadasi sovrindori Guljanoy Naimova hikoyasi
11 sentabr 2024, 14:14

“„Oltin“ yelkadagi tog‘ni ag‘daradi. Menda shu tog‘ qolib ketdi”. Parij Paralimpiadasi sovrindori Guljanoy Naimova hikoyasi

Uning taekvondochi bo‘lishiga oilasi qarshi edi. Akalari: “Senga to‘g‘ri kelmaydi”, deb uni avaylamoqchi bo‘lgan. Chunki u chap qo‘l pleksiti bilan dunyoga kelgan. Ammo u o‘z bilganidan qolmadi va yakunda ikki karra Paralimpiya sovrindoriga aylandi. “Iroda” loyihasida — parataekvondochi Guljanoy Naimova hikoyasi.

O‘zbekiston Paralimpiya terma jamoasi Toshkent aeroportida kutib olinadi (sportchilar korteji yo‘nalishi)
9 sentabr 2024, 11:23

O‘zbekiston Paralimpiya terma jamoasi Toshkent aeroportida kutib olinadi (sportchilar korteji yo‘nalishi)

Parijdagi Paralimpiya o‘yinlarida ishtirok etgan O‘zbekiston delegatsiyasi 9-sentabr kuni kechki 18:00 da Toshkent aeroportida (terminal-3) kutib olinadi. Sport vazirligi terma jamoani munosib kutib olishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Paralimpiya o‘yinlari: 8-kunda O‘zbekistondan 9 nafar sportchi qatnashadi
5 sentabr 2024, 10:47

Paralimpiya o‘yinlari: 8-kunda O‘zbekistondan 9 nafar sportchi qatnashadi

Paralimpiya o‘yinlarining sakkizinchi kunida O‘zbekiston delegatsiyasining 9 nafar a’zosi sportning 4 ta turi bo‘yicha ishtirok etadi. Taqvim.

Paralimpiada: 5-kunda O‘zbekiston delegatsiyasining 12 a’zosi ishtirok etadi
2 sentabr 2024, 05:49

Paralimpiada: 5-kunda O‘zbekiston delegatsiyasining 12 a’zosi ishtirok etadi

Parijda o‘tayotgan Paralimpiya o‘yinlarining beshinchi kunida O‘zbekiston delegatsiyasining 12 nafar a’zosi sportning 2 ta turi bo‘yicha ishtirok etadi. Taqvim.

Paralimpiada 2024: Mohigul Hamdamova bronza medalini oldi
31 avgust 2024, 17:17

Paralimpiada 2024: Mohigul Hamdamova bronza medalini oldi

Paralimpiyachi Mohigul Hamdamova disk uloqtirish bahslarida 32,75 metr natija bilan bronza medali sohibiga aylandi.

Paralimpiya o‘yinlari: 3-kunda O‘zbekistondan 14 nafar sportchi ishtirok etadi
31 avgust 2024, 11:14

Paralimpiya o‘yinlari: 3-kunda O‘zbekistondan 14 nafar sportchi ishtirok etadi

Parijda o‘tayotgan Paralimpiya o‘yinlarining uchinchi kunida O‘zbekiston delegatsiyasining 14 nafar a’zosi sportning 6 ta turi bo‘yicha ishtirok etadi. Taqvim.

Yadro uloqtirish: O‘zbekistonlik paralimpiyachilar oltin va bronza medallarini qo‘lga kiritdi
31 avgust 2024, 06:08

Yadro uloqtirish: O‘zbekistonlik paralimpiyachilar oltin va bronza medallarini qo‘lga kiritdi

Para yengil atletikaning yadro uloqtirish dasturida Qudratullaxon Ma’rufxo‘jayev oltin, Tolibboy Yo‘ldashev esa bronza medalini oldi. O‘zbekiston medallar jadvalida 8-o‘rinda bormoqda.

Parij-2024: Asila Mirzayorova uzunlikka sakrash bahsida Paralimpiya rekordini o‘rnatdi (video)
30 avgust 2024, 14:58

Parij-2024: Asila Mirzayorova uzunlikka sakrash bahsida Paralimpiya rekordini o‘rnatdi (video)

Parijdagi Paralimpiya o‘yinlarida Asila Mirzayorova uzunlikka sakrash bahsida 5,22 metrga sakrab, musobaqa rekordini yangiladi. Bundan avvalgi rekord natija 5,07 metr edi.

Boks bo‘yicha O‘zbekiston bosh murabbiyi — yurak xuruji, tayvanlik bokschi va mukofot pullari haqida (video)
30 avgust 2024, 10:26

Boks bo‘yicha O‘zbekiston bosh murabbiyi — yurak xuruji, tayvanlik bokschi va mukofot pullari haqida (video)

Boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi To‘lqin Qilichev “Gazeta.uz”ga bergan intervyusida Parij Olimpiadasida yurak xurujiga uchragani va ingliz shifokorlar unga yordam bergani haqida gapirdi. U tayvanlik bokschi va sportchilarga beriladigan mukofot pullari haqida ham fikr bildirdi.

Paralimpiya o‘yinlarining 2-kunida O‘zbekistondan 19 sportchi qatnashadi
30 avgust 2024, 08:49

Paralimpiya o‘yinlarining 2-kunida O‘zbekistondan 19 sportchi qatnashadi

Parij-2024 Paralimpiya o‘yinlarining birinchi kunidan so‘ng O‘zbekiston 2 ta medal bilan 18-o‘rinda bormoqda. Ikkinchi kunda esa mamlakatdan 19 nafar vakil sportning 6 ta turi bo‘yicha ishtirokini boshlaydi. Sportchilar ro‘yxati va o‘yinlar taqvimi.

Paralimpiada-2024. 1-kunda o‘zbekistonlik 6 sportchi ishtirokini boshlaydi
29 avgust 2024, 12:46

Paralimpiada-2024. 1-kunda o‘zbekistonlik 6 sportchi ishtirokini boshlaydi

Parijdagi Paralimpiya o‘yinlarining birinchi kunida o‘zbekistonlik 5 sportchi para suzish bahslarida qatnashadi. Parataekvondochi Ziyodaxon Isoqova (-47 kg) ishtirokini chorak finaldan boshlaydi.

Olimpiada g‘olibi bo‘lgan tayvanlik bokschini “erkak” deb atashmoqda. Aslida-chi?
13 avgust 2024, 19:33

Olimpiada g‘olibi bo‘lgan tayvanlik bokschini “erkak” deb atashmoqda. Aslida-chi?

Tayvanlik bokschi Lin Yuy-Tin Olimpiada g‘olibi bo‘ldi. U oltin medal yo‘lida o‘zbekistonlik Sitora Turdibekovani ham mag‘lub etdi. Biroq internetda hanuz uning jinsi haqidagi bahs-munozaralar davom etmoqda. “Gazeta.uz” XOQ va Tayvan yonini olgan bokschi bilan bog‘liq janjal tafsilotlarini o‘rgandi.

O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Toshkent aeroportida kutib olinadi (sportchilar korteji yo‘nalishi)
12 avgust 2024, 13:32

O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Toshkent aeroportida kutib olinadi (sportchilar korteji yo‘nalishi)

12-avgust kuni O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Toshkent aeroportining 3-terminalida tantanali kutib olinadi. Olimpiada chempionlari va sovrindorlari aeroportdan MOQ binosigacha avtobus kortejlarida harakatlanadi.

O‘zbekiston Parij Olimpiadasida 13-o‘rinni egalladi, bu — mamlakat tarixidagi eng yaxshi natija
11 avgust 2024, 23:04

O‘zbekiston Parij Olimpiadasida 13-o‘rinni egalladi, bu — mamlakat tarixidagi eng yaxshi natija

Parijdagi Olimpiada O‘zbekiston uchun mamlakat mustaqil taraqqiyoti tarixida eng muvaffaqiyatlisi bo‘ldi. Respublika 13 ta medal (8−2−3) bilan 206 ta davlat orasida umumiy medallar hisobida 13-o‘rinni, Markaziy Osiyoda va MDHda 1-o‘rinni hamda Osiyoda 4-o‘rinni egalladi.

O‘zbekiston boks jamoasi bosh murabbiyi g‘alabani nishonlash paytida yurak xurujiga uchradi
11 avgust 2024, 09:01

O‘zbekiston boks jamoasi bosh murabbiyi g‘alabani nishonlash paytida yurak xurujiga uchradi

Boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi To‘lqin Qilichev Hasanboy Do‘smatovning g‘alabasini nishonlayotgan vaqtda yurak xurujiga uchradi. Unga yurak-o‘pka reanimatsiyasi va defibrilator qo‘llagan holda Britaniya boks jamoasi mutaxassislari yordam berdi.

Parij-2024: Bahodir Jalolov ikki karra Olimpiya chempioni bo‘ldi
11 avgust 2024, 02:24

Parij-2024: Bahodir Jalolov ikki karra Olimpiya chempioni bo‘ldi

O‘zbekistonlik bokschi Bahodir Jalolov finalda ispaniyalik raqibini mag‘lub etib, Parij Olimpiadasining oltin medalini qo‘lga kiritdi. Bu uning faoliyatidagi Tokio-2020 dan keyingi ikkinchi Olimpiada oltini bo‘ldi.

Parij-2024: Erkin kurashchi Razambek Jamalov terma jamoada 6-oltin medalni qo‘lga kiritdi
10 avgust 2024, 23:31

Parij-2024: Erkin kurashchi Razambek Jamalov terma jamoada 6-oltin medalni qo‘lga kiritdi

Parijdagi Olimpiada o‘yinlarida O‘zbekiston nomidan kurashayotgan rossiyalik kurashchi Razambek Jamalov oltin medalni qo‘lga kiritdi. Finalda u yaponiyalik raqibini muddatidan avval mag‘lub etdi. Bu O‘zbekistonning so‘nggi 20 yil ichida erkin kurash bo‘yicha olgan ilk Olimpiya oltin medalidir.

Og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev kumush medalga ega chiqdi
10 avgust 2024, 16:43

Og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev kumush medalga ega chiqdi

Akbar Jo‘rayev Parij Olimpiadasida og‘ir atletika bo‘yicha kumush medal oldi. U dast (185 kg) va siltab ko‘tarishda (219) umumiy 404 kg to‘plab ikkinchi o‘rinni egalladi.

Parij-2024 taqvimi: 10-avgust kuni uch sportchimiz oltin medal uchun bellashadi
10 avgust 2024, 11:13

Parij-2024 taqvimi: 10-avgust kuni uch sportchimiz oltin medal uchun bellashadi

Olimpiya o‘yinlarining 15-kunida O‘zbekistonning 10 nafar atleti sportning 7 turi: boks, kurash, badiiy gimnastika, taekvondo, og‘ir atletika, zamonaviy beshkurash va yengil atletika bo‘yicha chiqish qiladi. Yana ikki bokschi va erkin kurashchimiz oltin medal uchun final bahslarini o‘tkazadi.

Parij-2024: O‘zbekistonlik sportchilarning 9-avgust kungi chiqishlari taqvimi
9 avgust 2024, 11:38

Parij-2024: O‘zbekistonlik sportchilarning 9-avgust kungi chiqishlari taqvimi

Olimpiya o‘yinlarining 14-kunida O‘zbekistonning 13 nafar atleti sportning 5 turi: boks, kurash, badiiy gimnastika, taekvondo va suvga sakrash bo‘yicha chiqish qiladi. Ikki bokschi oltin medal uchun ringga chiqsa, ikki kurashchi bronza medali uchun bahsga kirishadi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting